Qumariq ko‘chasining avtomobillar harakati uchun yopiq boʻlish vaqti uzaytirildi

Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi 10-sentyabrdan 30-sentyabrgacha avtomobillar harakati uchun yopilgandi. “Veolia Energy Tashkent"ning xabar berishicha, koʻchaning ochilishi kechiktirilgan.
Qayd etilishicha, ishlar 2025-yil 15-oktyabrga qadar yo‘l qismi yopilgan holda davom ettiriladi.
Shuningdek, ishlar davomida kargo xizmatlari, aviatsiya xavfsizligi xizmati, aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari hamda yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va o‘tish imkoniyati ta’minlanadi.
Qayd etilishicha, 2025−2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ushbu koʻchada diametri 325 mm bo‘lgan issiqlik tarmoqlarining umumiy 1000 metr uzunlikdagi qismi almashtirilmoqda.
Sergeli tumanidagi koʻchada avtomobillar harakati 20 kunga cheklandi
Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi avtomobillar harakati uchun 10-sentyabrdan 30-sentyabrgacha yopiladi. Shuningdek, bir nechta avtobus yoʻnalishlari ham oʻzgardi.