Fotosayr: Eski shaharning jin ko‘chalari bo‘ylab

Toshkentning eski shahar qismi — Olmazor tumanidagi Hastimom mahallasining tor ko‘chalari hamon o‘zining 1865-yillardagi holatini saqlab qolgan. Yangi qurilgan Islom sivilizatsiyasi markazi va ta’mirlangan Hazrati Imom masjidining orqa tomonida joylashgan bu manzil chin samimiyat, qo‘shnichilik va mahalla muhitini his qilish uchun yaxshi sayr yo‘nalishlaridan biri bo‘la oladi.
Ko‘chalar bo‘ylab yurarkansiz, rangini yo‘qotgan, lekin mo‘jaz eshiklar, hovli ustidan osilgan uzum novdalari, soya-salqinda o‘tirgan nuroniylar ko‘zga tashlanadi. Uylar ortidan esa tandirda pishayotgan non isi keladi, dorga ilinayotgan kiyimlarning yengil shovqini eshitiladi. Bu jin ko‘chalarda bolalar to‘p suradi, velosiped minib o‘tadi, quvlashmachoq o‘ynaydi.
Kechga yaqinda ko‘chalar soya bilan qoplanadi, bolalarning shovqini tinib, eshiklar yopiladi. Faqat uzoqdan masjiddan chiqayotgan namoz ovozi eshitiladi — shunda eski shaharning tinchligi yana o‘z holiga qaytadi.
Sayrni shu yerdan boshlash tavsiya qilinadi. Aytgancha, rekonstruksiya ishlaridan so‘ng bahavo joyga aylangan Hazrati Imom majmuasi va u joylashgan Qorasaroy ko‘chasini bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Fotosayr: Islom sivilizatsiya markazi bo‘ylab
Toshkentning tarixiy yuragi hisoblangan Hazrati Imom majmuasi va u joylashgan Qorasaroy ko‘chasi rekonstruksiya ishlaridan so‘ng bahavo joyga aylandi. Xususan, majmua yonida qurilgan Islom sivilizatsiya markazi poytaxtga Samarqanddagi Registon muhitidan bir parcha bergandek bo‘ladi, go‘yo.
Fotosayr: Abdulla Qodiriy (Ganga) sayilgohi
Ikki yoni yashillik bilan o‘ralgan alleya oila, do‘stlar yoki yaqin insoningiz bilan sayr uchun muqobil variant bo‘ladi.
Fotosayr: "Shahidlar xotirasi" maydoni
Shahidlar xotirasi maydoni o‘zining alohida sukunat, xotira va qadr-qimmat muhiti bilan sayr qilish uchun e’tiborga loyiqdir.
Fotosayr: Anhor boʻyi
Afisha.uz Toshkentning ko‘rkam va hordiq chiqarish uchun yoqimli maskanlari bo‘ylab “Fotosayr” ruknini davom ettiradi.