Toshkentning bir qator ko‘chalarida transport harakati qisman cheklanadi

E’lon qilingan sana· 42
Toshkentning bir qator ko‘chalarida transport harakati qisman cheklanadi

8-oktyabrdan 20-oktyabrgacha poytaxtdagi bir qator ko‘chalarda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan transport harakati qisman cheklanadi. Ushbu davrda ko‘rsatilgan ko‘chalarda yangi asfalt-beton qatlami yotqiziladi.

Cheklovlar Yangi O‘zbekiston, Jasorat va Do‘stlik ko‘chalari, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududidagi koʻchalarda amal qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling