Anons

International Education Fair 2025

E’lon qilingan sana· 191
 International Education Fair 2025

AZIMUT Grand Hotel Tashkent mehmonxonasida International Education Fair 2025 — Kelajak forumi, Markaziy Osiyodagi eng yirik ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Sakkizinchi yil o‘tkazilayotgan mazkur loyiha o‘nlab xorijiy universitetlar va minglab talabalarni birlashtirib, yangi ta’lim va imkoniyatlarini taklif qilmoqda.

2025-yilda IEF an’anaviy ko‘rgazma formatidan chiqib, kelajakning raqamli forumiga aylanadi — bu yerda texnologiyalar va bilimlar yagona maqsad, yosh avlodga jahon ta’limiga yo‘l ochishyo‘lida birlashadi.

Forum hamkorlari orasida Qozogʻistonning eng yirik rivojlanish kompaniyasi BI Group; yoshlar va ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi “Auil” partiyasi; Acapedia ta’lim agentligi; Skillbox yetakchi onlayn platformasi; va Air Astana milliy aviakompaniyasi.

International Education Fair 2025 — bu shunchaki ko‘rgazma emas, bu imkoniyatlar makoni. Bu yerda yoshlar orzular sari ilk qadamni qo‘yadi, universitetlar yangi hamkorlarni topadi, jamiyat esa asosiy savolga javob topadi — qanday qilib kelajak avlodga bilim va ta’lim orqali o‘zini oʻrniga ega boʻlish imkonini berish mumkin.

Tashrif buyuruvchilarni quyidagi interaktiv formatlar va innovatsion maydonchalar kutmoqda:

  • maktab o‘quvchilari va talabalar xorijiy universitetlar kampuslariga “sayohat” qilishlari mumkin boʻlgan" VR zona;
  • dunyoning yetakchi universitetlaridan: o‘qishga kirish, grantlar va xorijda moslashuv haqida mahorat darslari;
  • BI Group, Skillbox, Air Astana va boshqa hamkor kompaniyalardan amaliy mashg‘ulotlar;
  • future talks — ta’lim kelajagi haqida ekspertlar, biznes vakillari va davlat tuzilmalari ishtirokidagi chiqishlari;
  • sovrinli oʻyinlari.

Forumning maxsus mehmonlari — taniqli spikerlar va fikr yetakchilari, jumladan Sayo Kidirali hamda ta’lim sohasidagi xalqaro ekspertlar.

Tadbir vaqti: 11:00 dan 17:00 gacha.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling