Dam olish kunlari issiq ob-havo kuzatiladi

E’lon qilingan sana· 149
Dam olish kunlari issiq ob-havo kuzatiladi

O‘zgidrometning xabar berishicha, dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-oktabrda +24…+26 daraja, 11-oktabrda kechasi +10…+12 daraja, kunduzi +26…+28 daraja, 12-oktabrda kechasi +12…+14 daraja, kunduzi +26…+28 daraja bo‘ladi.

Juma kuni ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati kunduzgi vaqtlarda +23…+28 daraja, janubda va cho‘l hududlarida +29…+30 darajagacha ko‘tariladi. Eng iliq havo shanba kuni bo‘ladi, kunduzi +28…+30 darajagacha, janub va chol hududlarda +32 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

10−11-oktabrda shimolda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling