Toshkentda yana bir qator yoʻnalishlardagi avtobuslar elektrobusga almashtiriladi

E’lon qilingan sana· 71
Toshkentda yana bir qator yoʻnalishlardagi avtobuslar elektrobusga almashtiriladi
Foto: Evgeniy Sorochin

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati Toshkent shahridagi bir qator yoʻnalishlardagi avtobuslar yangi rusumdagi elektrobuslarga almashtirilishini ma’lum qildi. Avvalroq poytaxtga Xitoydan 202 ta yangi elektrobuslar yetib kelgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning oktyabr-noyabr oylari davomida quyidagi roʻyxatda keltirilgan avtobus yoʻnalishlaridagi avtobuslar yangisiga almashtiriladi. Aksariyati oʻsha 202 ta yangi elektrobusga, ayrimlari esa gazda harakatlanuvchi Yutong va MAN avtobuslariga almashtiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling