Moskva metrosida ishlab o‘tirish va qo‘ng‘iroqlashish uchun akustik kabinalar paydo bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 46
Moskva metrosida ishlab o‘tirish va qo‘ng‘iroqlashish uchun akustik kabinalar paydo bo‘ldi

Moskva metrosining “Komsomolskaya” va “Nijegorodskaya” bekatlari o‘tish joylarida tovushdan himoyalangan kabinalar paydo bo‘ldi. Ular bir kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, USB va Type-C ulagichlari bilan jihozlangan, deyiladi shahar hukumati saytida.

“Zamonaviy dunyoda odamlar nafaqat ofislarda, balki istalgan nuqtadan turib ishlashadi va biz bu tendensiyaga amal qilishimiz muhim. Aynan shuning uchun biz metroda akustik kabinalarni sinovdan o‘tkazmoqdamiz: agar kerak bo‘lsa, u yerda ishlash yoki tinch muhitda telefonda suhbatlashish mumkin”, — dedi Moskva merining transport va sanoat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Maksim Liksutov.

Ta’kidlanishicha, kabinalar yoʻlovchilar koʻp harakatlanadigan joylar, lekin ularga xalal bermaydigan joylarda oʻrnatilgan. Agar akustik kabinalar sinovi muvaffaqiyatli oʻtsa, uni boshqa bekatlarda ham joriy etish rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling