Dam olish kunlari Toshkentda havo harorati pasaydi, lekin yomgʻir yogʻmaydi

O‘zgidromet agentligining xabar berishicha, 18-oktabrda shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Juma kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +23…+28 darajani, shimolda +20…+25 darajani tashkil etadi.
Shanba kunduzi asta-sekin havo harorati pasayadi va +21…+26 darajani, shimolda +15…+20 darajani, yakshanba kuni +28…+23 darajani, shimolda +13…+18 darajani tashkil etadi. Havo harorati kechalari +6…+11 darajagacha, shimolda +3…+8 darajagacha pasayadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18-oktabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-oktabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati juma kunduzi
+25…+27 daraja, shanba kuni +23…+25 daraja, yakshanba kuni +19…+21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin +8…+10 darajagacha pasayadi.