Virtual olam: Toshkentdagi 5 ta VR markaz

E’lon qilingan sana· 418
Virtual olam: Toshkentdagi 5 ta VR markaz

Havo asta-sekin sovuqlashib, ochiq havodagi mashgʻulotlar va uchrashuvlar o‘rnini yopiq hamda issiq joylar egallay boʻshladi. Do‘stlaringiz, oila a’zolaringi bilan vaqt o‘tkazish, adrenalinni his qilish yoki shunchaki yangi taassurot izlayotganlar uchun esa virtual reallik (VR) zonalari ayni muddo.

Maxsus ko‘zoynak va boshqaruv uskunalari yordamida siz o‘zingizni o‘yin ichida, jang maydonida yoki fantastik sarguzashtlar markazida his qilasiz. VR o‘yinlarini hali sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz, lekin quroldosh do‘stlaringiz bilan borishni rejalashtirib qidirayotgan bo‘lsangiz — endi bunga kech. Chunki Afisha.uz siz uchun Toshkentdagi VR zonalar jamlanmasini allaqachon tuzib qo‘ydi.

Warpoint

  • false
  • false

Warpoint klubidan haqiqiy jang maydonidagi adrenalin, jamoaviy strategiya topish mumkin. Bu yerda 250 m² dan ortiq maydonda simsiz VR texnologiyasi yordamida 5×5 formatdagi jamoaviy o‘yinlar o‘tkaziladi. O‘yinchilar 15 turdagi qurollar, 20 ta o‘yin xaritasi va uch xil rejimdan birini tanlab, to‘liq virtual maydonga sho‘ng‘ishlari mumkin. Harakatlanishda hech qanday kabel yoki cheklovlari yo‘q.

Klubda qulay launch zona ham mavjud, u yerda o‘yinlardan so‘ng dam olish yoki tugʻilgan kun va boshqa tabbirlarni ham o‘tkazish mumkin. Tarif narxlari bir kishi uchun 200 000 soʻmdan jamoaviy oʻyin 2 600 000 soʻmgacha.

Tariflar va oʻyinlar haqiqa ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Ish vaqti: 11:00−23:00
Manzil: Afrosiyob koʻchasi 12B, Mirzo Ulugʻbek mahallasi
Telefon: (+998) 90−947−7878


Another World

  • false
  • false

Another World VR Arena — bu Toshkentdagi eng yirik virtual reallik markazlaridan biri bo‘lib, 500 kvadrat metrli maydonda barcha yoshdagilar uchun immersiv o‘yinlar va bayram dasturlarini taklif etadi. Bu yerda nafaqat do‘stlar bilan jamoaviy VR o‘yinlar o‘ynash, balki tug‘ilgan kun, korporativ, bitiruv yoki Yangi yil tadbirini ham o‘tkazishmumkin.

Unda VR arena, dam olish xonasi va yagona o‘yin maydonlari mavjud. O‘yinlar roʻyxati muntazam yangilanib turadi. Bu yerda kosmik janglardan tortib, sirli minoralar va zombi sarguzashtlarigacha bo‘lgan turli janrlarda o‘yinlar mavjud. 6 yoshdan 12+ gacha bo‘lganlar uchun mos o‘yinlar mavjud bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 30 nafargacha ishtirokchi o‘ynay oladi.

Narxlar va tariflab bilan tanishib olish uchun havola.

Ish vaqti: 11:00 — 00:00
Manzil: Furqat ko‘chasi 2-uy
Telefon: (+998) 88−862−1111


VR Point

  • false
  • false

VR Pointda 600 kvadrat metrlik maydonda haqiqiy jang maydoniga o‘xshash muhit yaratilgan. Klubda 12 xil o‘yin kartasi va 25 turdagi qurol uskunalari mavjud bo‘lib, 2 dan 20 nafargacha o‘yinchilar bir vaqtning o‘zida o‘ynashi mumkin. Shu bilan birga, arenada ikkita 80 kv.m hajmdagi lounge zona mavjud, bu joylarda dam olib, PS5 o‘ynash, karaoke kuylash yoki kinofilm tomosha qilish mumkin. Lounge zonalar ichida kichik oshxona burchagi va statik VR o‘yinlari ham mavjud.

Narxlar bir kishi uchun 50 000 soʻmdan boshlanib jamoaviy oʻyinlar uchun 2 400 000 soʻmgacha.

Tariflar va narxlar haqida ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Manzil: Chilonzor ko‘chasi, 88-uy
Ish vaqti: 11:00 — 00:00
Telefon: (+998) 99−527−7878


Avatar Arena

  • false
  • false

Yana bir virtual olam Avatar Arenada 200 kvadrat metrli maydonda jang va sarguzasht boshdan kechirirsh imkoni mavjud. Arena bir vaqtning o‘zida 13 kishigacha o‘yinchilarni qabul qila oladi. Arenada turli janrdagi o‘yinlar mavjud: otishma, zombi sarguzashtlari, sirli minoralar, ilmiy-fantastik sahnalar va hattoki xorror uslubidagilari ham. O‘yin seanslari odatda 40−60 daqiqa davom etadi, 6 yoshdan kattalar qatnashishi mumkin.

Bu yerda tug‘ilgan kunlar, korporativlar yoki maxsus tadbirlar uchun mo‘ljallangan paketlar mavjud. Tadbirlar uchun lounge zona ajratilgan bo‘lib, u yerda katta televizor, PlayStation, air hockey, shuningdek dam olish uchun qulay joylar mavjud. Xohlovchilar uchun taom va ichimliklaringizni olib kelib, o‘yinlardan keyin dam olish ham mumkin.

Narxlarni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Manzil: Bobur ko‘chasi, 87B/1
Ish vaqti: 12:00 — 22:00
Telefon: +998 93 111 81 18


Zaga Game

  • false
  • false

Zaga Game VR-arenada Oculus Quest 2 texnologiyasi, real effektlar va 208 kvadrat metrlik maydon mavjud. 208 kvadrat metrlik maydon bir vaqtning o‘zida 10 kishigacha o‘yinchini sig‘dira oladi. Maydondan tashqari, 20 kishilik launj-zona ham mavjud. Unda PlayStation 5 o‘ynash, “Mafiya” kabi stol o‘yinlarida bellashish yoki sevimli taom va ichimliklarni buyurtma qilib dam olish mumkin.

Narxlar dushanbadan jumagacha — 150 ming so‘m, dam olish kunlari esa — 200 ming so‘m. Jamoaviy oʻyinlar uchun esa 1 000 000 soʻmdan 1 500 000 soʻmgacha.


Jamlanmada keltirilgan narxlar ushbu material tayyorlangan sana holatiga ko‘ra amal qiladi.

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling