BYD Megawatt Tashkent City Mall’da yangi Seal 6’ni taqdim etdi: boshlang‘ich narxi 364 mln so‘mdan

E’lon qilingan sana· 228
BYD Megawatt Tashkent City Mall’da yangi Seal 6’ni taqdim etdi: boshlang‘ich  narxi 364 mln so‘mdan

20-oktabr kuni Tashkent City Mall’ning birinchi qavatida joylashgan BYD Megawatt avtosalonida yangi gibrid sedan BYD Seal 6’ning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mijozlar endilikda avtomobilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri BYD Megawatt orqali xarid qilishlari mumkin.

BYD Megawatt o‘zining navbatdagi yirik yangiligini taqdim etdi — yangi avlod gibrid sedani Seal 6 endi rasmiy ravishda O‘zbekiston bozorida. Tadbir Tashkent City Mall’ning birinchi qavatidagi BYD Megawatt avtosalonida o‘tkazildi va bu xaridorlarga avtomobil bilan yaqindan tanishish va mutaxassislar bilan muloqot qilish imkonini berdi.

Seal 6 — DM-i Super Hybrid texnologiyasiga asoslangan sedan bo‘lib, u shaharda elektromobil darajasidagi qulaylikni, uzoq safarlarda esa 2 000 km dan ortiq masofa bosib o‘tish imkoniyatini beradi.

Seal 6'ning asosiy afzalliklari:

  • O‘zbekistondagi narxi: 364 000 000 so‘mdan boshlanadi;
  • elektrda yurish masofasi: 120 km gacha;
  • umumiy yurish masofasi (elektr + benzin): 2000 km’dan ortiq;
  • o‘rtacha yoqilg‘i sarfi: 100 km uchun taxminan 3 L;
  • 0 — 100 km/s tezlanishi: 7,5 soniya;
  • Blade Battery: xavfsiz va ishonchli LFP akkumulyatori.

Tadbir muhiti

BYD Megawatt avtosalonidagi taqdimot iliq va samimiy ruhda o‘tdi. Mehmonlar avtomobil interyerini sinab ko‘rishdi, multimedia tizimini tekshirishdi va BYD Megawatt jamoasidan to‘liq maslahat olishdi. Jonli musiqa va qulay atmosfera esa Seal 6 taqdimotini esda qolarli qildi.

“Seal 6'ning O‘zbekistonda savdoga chiqishi biz uchun muhim voqea. Ayniqsa, uni poytaxt markazidagi BYD Megawatt avtosalonida taqdim etish mijozlarga yanada yaqinlashish imkonini berdi”, — deya ta’kidlashdi BYD Megawatt vakillari.

Seal 6 allaqachon O‘zbekistonda. Xarid qilish uchun BYD Megawatt avtosalonlariga tashrif buyurish mumkin.

Tadbir sanasi: 20-oktabr.

Telefon: (+998) 55−510−1111.
Manzil: BYD Megawatt avtosaloni, Tashkent City Mall, 1-qavat.

Sayt: byd.megawatt.uz
Instagram: @byd_megawatt.uz

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling