Ziyo Forumda oʻtkazilgan "Milliy diktant" loyihasining birinchi mavsumi gʻoliblari aniqlandi

E’lon qilingan sana· 271
 Ziyo Forumda oʻtkazilgan "Milliy diktant" loyihasining birinchi mavsumi gʻoliblari aniqlandi

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni, Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi Yoshlar markazida fond tashabbusi bilan “Milliy diktant” loyihasining birinchi mavsumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 40 ga yaqin yoshlar ishtirok etib, katta ishtiyoq va g‘ayrat bilan o‘z bilim va savodxonlik darajasini sinovdan o‘tkazishdi. Loyiha nafaqat yozma savodxonlikni, balki ona tiliga bo‘lgan mehr, ehtirom va sadoqatni ham ifoda etdi.

Ilk mavsumda faol va muvaffaqiyatli qatnashgan ishtirokchilar maxsus sovg‘alar, yozuv anjomlari to‘plamlari va sertifikatlar topshirildi. Tadbir yakunida loyihani doimiy ravishda, har chorakda o‘tkazish taklifi ilgari surilib, qo‘llab-quvvatlandi.

“Milliy diktant” loyihaning 1-mavsumi yakuniy natijasiga koʻra, birinchi oʻrinni Najmiddinova Niginaxon, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Nurmaxmatova Firuza hamda Shokirova Nafisa egallashdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling