Parijda Toshkent Zamonaviy san’at markazi loyihasi taqdim etildi

“Art Bazel Parij” dunyoning eng nufuzli san’at tadbirlaridan biri boʻlib, ushbu tadbir doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 2026-yil mart oyida ochilishi rejalashtirilgan Toshkent Zamonaviy san’at markazi loyihasini taqdim etdi.

Mashhur “Studio KO” me’morchilik byurosi yaratgan installyatsiya markaz konsepsiyasining mohiyatini — an’ana va zamonaviylik uyg‘unlashgan makon g‘oyasini ifoda etdi. Ekspozitsiyaning markazida joylashgan Atelier Misto tomonidan bronza va jezdan yaratilgan aylanma maket esa harakat, ochiqlik va ijodiy energiyaning ramziga aylandi.


Mazkur tadbir 2026-yilda Toshkentda ochilishi rejalashtirilgan Zamonaviy san’at markaziga tomon qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘lib, O‘zbekiston zamonaviy san’ati jahon sahnasida o‘zining munosib, ishonchli va ilhom baxsh o‘rnini egallashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.
