Toshkentda CHOPON FEST 2025 festivali oʻtkaziladi

15-noyabr kuni “Navro‘z” istirohat bog‘ida milliy an’analar, moda va zamonaviy san’atni jamlagan “CHOPON FEST 2025” festivali bo‘lib o‘tadi .
Festivalning asosiy mavzusi — oʻzbek madaniyatining eng taniqli elementlaridan biri boʻlgan chopon. Tashkilotchilar “CHOPON FEST” shunchaki tadbir emas, balki bunyodkorlik, yangilanish va taraqqiyotga intilish ruhini namoyon etuvchi Yangi O‘zbekistonning madaniy manifestidir deb ta’kidlashmoqda.
Tashrif buyuruvchilarni milliy choponlar koʻrgazmasi kutib oladi, unda an’anaviy liboslar yangi formatda — zamonaviy uslub va dizaynning bir qismi sifatida namoyish etiladi. Festival san’at, moda va musiqani o‘zida mujassamlashtirib, dizaynerlar, rassomlar, musiqachilar va mamlakat milliy madaniy brendini targ‘ib qilishdan manfaatdor bo‘lgan har bir kishi uchun xizmat qiladi.
