Dam olish kunlari havo iliq boʻlishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 44
Dam olish kunlari havo iliq boʻlishi kutilmoqda

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, dam olish kunlarida sovuq havo massalari asta-sekin chekinadi. Natijada havo harorati ko‘tarilib, nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi.

Juma kuni kunduzi harorat +10…+12°, yakshanba kuni esa +14…+17°, janubiy viloyatlarda +18…+20° gacha ko‘tariladi. Kechalari ham havo biroz iliqlashadi. Biroz sovuq havo faqat respublikaning shimoliy va cho‘l hududlarida saqlanib qoladi.

Toshkentda dam olish kunlari havo o‘zgaruvchan boʻladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi.
8−9-noyabr kunlari harorat +14…+16° atrofida bo‘ladi. Kechalari esa +1…+3° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling