Anons

Non festivali

E’lon qilingan sana· 31
Non festivali

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hovlisida 11-noyabr kuni ikkinchi Respublika non festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar turli xil yuzlab non turlari bilan tanishishi va ularning har birini tatib ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Festivalda ishtirok etish bepul.

Festival davomida quyidagilar bo‘ladi:

  • turli millat va hududlarga xos 700 dan ortiq nonlar;
  • mehmonlar uchun tatib ko‘rish imkoniyati: har bir ishtirokchi o‘ziga yoqadigan nonni tanlab, tatib ko‘rishi mumkin;
  • milliy qoʻshiqlar va jonli ijro;
  • oʻtovlar va tandirlar;
  • koʻngilochar oʻyinlar;
  • mahorat darslari — non hamirini tayyorlashdan tortib to pishirishgacha;
  • xayriya auksioni. Eng yaxshi baholangan va oʻquvchilar oʻzlari tayyorlagan nonlari ota-onalar oʻrtasida auksionga qoʻyiladi. Barcha toʻplangan pullar “Chinor gʻazna” hayriya tashkiloti bilan hamkorlikda Bolalar gematologiya onkologiya va klinik immunologiya markazidagi Oqqon kasaligiga chalingan bolalar uchun sarflanadi.

Festival yakunida barcha ishtirokchilar milliy kiyimlarda, bayroqlar bilan, maktabdan katta yo‘l bo‘ylab yurishadi. Ular nonlarni odamlarga bepul ulashishadi.

Manzil: Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hovlisi.

11-noyabr
14:15
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling