Hafta davomida issiq va tumanli ob-havo boʻlishi kutilmoqda

10−14-noyabr kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti.
Dushanba kuni havo biroz bulutli bo‘lib, kunduzi tuman tushishi, havo harorati +15°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi bulutli havo +6°C gacha tushadi.
11-noyabr kuni kunduzi oʻzgaruvchan bulutlilik, tuman tushishi, havo harorati +18°C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +5°C gacha tushadi.
Chorshanba kuni kunduzi havo biroz bulutli, tuman tushadi va havo harorati +19°C ni tashkil qiladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +6°C gacha pasayadi
13-noyabr kuni kunduzi biroz bulutli, tuman tushishi, havo harorati +19°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi sezilarli drajada bulutli, havo harorati +6°C ga tushadi.
Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +18°C bo‘ladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +5°C gacha tushadi.