Toshkent metropoliteni uchun qo‘shimcha 56 ta vagon xarid qilinadi
E’lon qilingan sana: · 55

2026-yil davomida Toshkent metropoliteni uchun qo‘shimcha 56 ta zamonaviy metro vagoni xarid qilinadi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu orqali hozirgi harakat tarkiblari yangilanadi va poyezdlarning oraliq intervallari qisqartiriladi.
Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenida 2021-yilgacha 36 ta poyezd harakatlangan, keyin esa 41 ta yangi harakat tarkibi xarid qilinib, 2025-yilga kelib, poyezdlarning soni 75 tadan ortgan.
Avvalroq Toshkent metro bekatlarida mini-kutubxonalar ochilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “Yangi Toshkent"da 2026-yil oxirigacha uchta metro bekati qurilishi ma’lum qilingan.