Toshkentda chiqindi tashuvchi mashinalar harakatini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

E’lon qilingan sana· 42
Toshkentda chiqindi tashuvchi mashinalar harakatini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

Toshkent aholisi “Tozapoytaxt.uz” sayti orqali chiqindi tashuvchi texnikalar harakatini GPS tizimi orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoni ega boʻldi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, aholining chiqindilar sohasidagi shikoyat va murojaatlarini qabul qilish “Xalqnazorati.uz” platformasi orqali markazlashgan tarzda olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan:

  • har bir mahallaga chiqindi tashuvchi texnikaning kelish vaqti hamda yo‘nalishini onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi;
  • mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur e’lon qilinadi;
  • kunlik chiqindi hajmi onlayn tarzda ochiq e’lon qilib boriladi;
  • fuqarolar tomonidan xizmatlarni baholash mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi;
  • yuridik tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi onlayn monitoring orqali nazorat qilinadi.

Qayd etilishicha, ushbu yangiliklar chiqindilarni boshqarish tizimining yanada shaffof, qulay va samarali boʻlishiga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling