Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirilmoqda

E’lon qilingan sana· 104
Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirilmoqda

2025-yil 13-noyabrdan Toshkent shahrida yangi 170-raqamli qisqa avtobus yo‘nalishi ishga tushadi. U “Rohat” metro bekatini “Musaffo maskan” bekati (Bektemir tuman prokuraturasi) bilan bog‘laydi.

Ushbu yoʻnalishda uchta MAN A22 avtobusi ishlaydi.

Yangi marshrut ushbu hududlar aholisi uchun transport imkoniyatlarini yaxshilash va shahar boʻylab kunlik qatnovlarni yanada qulay va tezroq amalga oshirish uchun moʻljallangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling