Toshkentda 194A-sonli yangi avtobus yoʻnalishi yoʻlga qoʻyiladi

E’lon qilingan sana· 222
Toshkentda 194A-sonli yangi avtobus yoʻnalishi yoʻlga qoʻyiladi

2025-yil 15-noyabrdan Toshkent shahrida yangi 194A-sonli yangi avtobus yoʻnlaishi ishga tushiraldi. U Toshkent shahri, Janubiy vokzal — Toshkent viloyati, Niyozboshi mahallasi boʻylab harakatlanadi.

Ushbu yo‘nalishda Mercedes-Benz LF avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

Harakat jadvali:

  • ish kunlari: 05:30 — 23:10 (11 ta avtobus)
  • shanba: 05:30 — 22:25 (10 ta avtobus)
  • yakshanba: 06:07 — 22:02 (9 ta avtobus)

Yangi yoʻnalashishlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan 2025-yil 9-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriq ijrosi doirasida Toshkent viloyatining yondosh hududlarini poytaxt bilan bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar doirasida davom etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling