Dam olish kunlarida iliq havo saqlanib turishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 135

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, dam olish kunlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
Harorat kechasi +2…+7 daraja iliq, kunduzi +17…+22 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu noyabr oyining o‘rtalari uchun normal (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan 3−5 daraja yuqori hisoblanadi.
Shuningdek, ob-havo xizmatining ta’kidlashicha, sharqdan juda mayin shamol esib turadi.
Toshkentda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +4…+6 daraja iliq, kunduzi +18…+20 daraja issiq bo‘ladi.