Toshkentda harbiy parad boʻlib oʻtadi, bir nechta koʻchalarda transport harakati cheklanadi

E’lon qilingan sana· 137
Toshkentda harbiy parad boʻlib oʻtadi, bir nechta koʻchalarda transport harakati cheklanadi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan 18-noyabr kuni Toshkentning asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurishlari o‘tkaziladi.

Tadbir soat 15:00 da “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida boshlanadi. Harbiy xizmatchilar ko‘rgazmali chiqishlar, jangovar chaqiriq namoyishi hamda harbiy orkestr difele ijrolarini taqdim etadi.

Harakat yo‘nalishi:

“G‘alaba bog‘i” — O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi — “Chorsu” bozori — Toshkent sirki — “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi.

Tadbir munosabati bilan 15:00—17:00 oralig‘ida quyidagi ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtinchalik cheklanadi:

  • Qora Qamish — Sag‘bon chorrahasi
  • KXAY — Sag‘bon chorrahasi
  • Nurafshon — Sag‘bon chorrahasi
  • Zarqaynar aylanma yo‘li — Zarqaynar — Alisher Navoiy chorrahasi
  • Alisher Navoiy — Furqat — Islom Karimov chorrahasi
  • Furqat — Beshyog‘och chorrahasi

Yo‘l harakati vaqtinchalik cheklanishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raladi. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

18-noyabr
15:00
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling