Toshkent bozorlarida dam olish kunlari avtoturargohlar narxi oshiriladi

E’lon qilingan sana· 55
Toshkent bozorlarida dam olish kunlari avtoturargohlar narxi oshiriladi

Toshkent bozorlarida uzoq vaqt to‘xtab turish narxi oshadi. Hokimiyatning 18-noyabrdagi yangi qaroriga binoan, yengil avtomobillar ikki soatdan ortiq turgan taqdirda, to‘lov tariflari sezilarli darajada ko‘tariladi.

Dam olish kunlari uchun yangi narxlar:

  • 3 soatgacha — 25 000 soʻm (hozir 10 000);
  • 4 soatgacha — 35 000 soʻm (hozir 14 000);
  • 4 soatdan ortiq — 50 000 soʻm (hozirda 15 000).

Ikki soatgacha boʻlgan mashinalar narxi oldigidek qolmoqda, oʻzgarishlar faqat uzoqroq turishga ta’sir qiladi. Yuk mashinalari uchun tariflar ham oʻzgarishsiz qolmoqda.

Rasmiylarning tushuntirishicha, narxlarni o‘zgartirish ommabop bozorlar yaqinidagi avtoturargohlarni gavjum soatlarda yengillashtirishga va xaridorlar uchun ularning qulayligini oshirishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling