Ipdan toʻqilgan shaharlar – bu trenddagi videolarni qanday yasash mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellekt bilan yaratilgan yana bir turdagi videolar trendga aylandi. Foydlanuvchilar oʻz shaharlari, binolari, majmualari — istalgan narsani “ipdan toʻqimoqda”. Ularga aniq koʻzingiz tushgan boʻlishi kerak. Xoʻsh, ipdan toʻqilgandek olamda suratga olingan videolarni qanday yaratish mumkin? Batafsil qoʻllanma Afisha.uz maqolasida.
Ushbu trendni sun’iy intellekt bilan yaratilgan kontentga ixtisoslashgan qozogʻistonlik bloger Bakdaulet boshlab berdi. U Ues Anderson filmlaridagi musiqalar ostida Olmaotaning taniqli joylari bilan rillar yaratdi.
Foydalanuvchilar bu videolarni “juda yoqimli”, “shinamlik hissini uygʻotuvchi”, “juda goʻzal” deb atashdi va hokazo deb maqtadi va bu turdagi videolarni yaxshi qabul qilishni boshlashdi. Foydalanuvchilar oʻz versiyalarini yarata boshladi. Shunday turdagi roliklar virusga aylandi.
Ushbu trendning Qarshi shahrida “suratga olingan” varianti ham paydo boʻldi.
Hozirda bu trendga Oʻzbekistonda hatto davlat tashkilotlari ham qoʻshilmoqda. Markaziy Bank ham ipdan toʻqilgan olamda oʻzini tasavvur qilib koʻrdi.
Xoʻsh, bunday videolarni qanday yasash mumkin?
Aslida jarayon unchalik ham qiyin emas. Jarayon uchta asosiy bosqichga boʻlinadi: to‘qilgan uslubda statik rasmlar yaratish, ularni “jonlantirish” va bitta videoda birlashtirish.
Reve
Avvalo, shaharning diqqatga sazovor joylari aks etgan fotosuratlar kerak. Ularni rasm yaratish xizmatlari yordamida bajarish yoki mavjud suratlarni olish mumkin. Bunday fotorealistik suratlarni generatsiya qilish uchun bizga Reve xizmati kerak boʻladi.
Unga shunday prompt yozish kerak boʻladi. Ushbu xizmat oʻzbek tilini tushunmaydi, shu sababli rus yoki ingliz tilida vazifa bergan ma’qul. Misol uchun rus tilida prompt keltiramiz: “Создай реалистичную детализированную фотографию… [kerakli joy, masalan, “Ташкентской телебашни"]”. Biz unga misol tariqasida bir surat berdik va u shunday rasm tayyorlab berdi.

Reve SI yordamida tayyorlandi
Shundan soʻng u sizga turli variantlar beradi, ular orasida vertikal va gorizontal formatlar boʻladi, sizga qaysi biri kerak boʻlsa, prompt oxirida qoʻshib ketishingiz mumkin. “9:16” — vertikal surat uchun. “16:9” — gorizontal surat uchun.
Shuningdek, sun’iy intellektga kerakli fasldagi koʻrinishini ishlab chiqishini, odamlar qoʻshishini soʻrashingiz mumkin — buyogʻi fantaziyangizga bogʻliq.
Surat “toʻqish”
Endi suratni to‘qilgan uslubga aylantirish kerak. Buning uchun Reve yoki shunga oʻxshash boshqa, masalan, NanoBanana, Dreamina, Stable Diffusion yokj Midjourney kabi xizmatlar kerak boʻladi.
Biz buni Google Gemeni'ning NanoBanana’sida sinab koʻramiz. Bu uchun Gemini SI platformasiga kirib, banan ikonkasi chiqib turgan “Create image” funksiyasini yoqib qoʻyishimiz kerak boʻladi.

Va unga Reve tayyorlab bergan rasmlardan birini yuborib, shunday prompt yozamiz: “Use the uploaded image as a primary reference and create a handmade thread art piece, a diorama made of yarn and felt. Macro photography, soft diffused light, pastel palette, high-detailed fibers and stitches, a cozy, fairytale atmosphere, and a slightly reduced scale, like a diorama”.

Gemini SI yordamida tayyorlandi
Gemini bizga mana shunday suratni yubordi. Endi esa bu suratni “jonlantiramiz”.
Suratni “jonlantirish”
Endi bizda bor suratni harakatlantirish uchun yana boshqa bir platformani ishga solamiz: Kling AI yoki Grok. Bunda promptni ingliz tilida, kerakli kirish so‘zlarni ko‘rsatgan holda yozgan ma’qul: odamlar yuribdi, bulutlar suzmoqda, fonarlar yonmoqda, iplar tebranmoqda. Agar o‘zingiz so‘rov yozishga qiynalsangiz, ChatGPT, Grok, Gemini yoki Kling AI da o‘rnatilgan tezkor signallar generatori yordam berishi mumkin.
Men Kling AI da ishlatish uchun promptni Gemini’ga yozdirdim. Mana u, xohlasangiz, oʻzingizga ham ishlatishingiz mumkin (unda belgilangan miqdor va standartlarda foydalanish hozircha bepul):
A short, cozy, fairytale-like cinematic scene, capturing a macro view of a meticulously handcrafted thread art diorama. The scene is bathed in soft, diffused, pastel-colored light, evoking a serene autumn morning. The foreground is the lake, made of textured blue and green felt and yarn stitches, reflecting the vibrant autumn foliage and a slender central tower. Small, felted Mallard ducks are gently paddling across the surface of the water, leaving subtle, shimmering yarn ripples in their wake. In the sky—made of subtly textured light blue felt—small, wispy, cotton-like clouds drift slowly, suggesting a slight, calming breeze. The camera executes a slow, gentle push-in shot toward the center of the lake. All elements (trees, tower, building, ducks, clouds, and water) must maintain the highly detailed, tangible texture of yarn, felt, and embroidery floss, emphasizing individual fibers and cozy, visible stitches. Focus on the reduced, miniature scale of a diorama.
Style: Handmade Thread Art, Felt Diorama, Macro Photography, Stop-Motion Aesthetic, Pastel Palette.
Agar siz xronometraji uzunroq va turli rakurslardan video xohlayotgan boʻlsangiz, yuqoridagi amallarni oʻzingiz xohlagan suratlar bilan boshqattan bajarib chiqib, oxirida har birini videotahrirchilarda, masalan, CapCut’da montaj qilishingiz mumkin.