Toshkentda otliq parad boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 70

Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun (18-noyabr) munosabati bilan 22-noyabr kuni poytaxtda kuch tuzilmalari kavaleriya boʻlinmalari ishtirokida “Otliq kavaleriya paradi” boʻlib oʻtadi.
Parad 22-noyabr kuni soat 16.00 da Amir Temur xiyoboni boʻylab Toshkent shahrida joylashgan kuch tuzilmalari kavaleriya boʻlinmalari ishtirokida Milliy gvardiya boshchiligida boʻlib oʻtadi.