Poytaxtda ish haftasi tumanli va iliq ob-havoda oʻtadi

Toshkent shahrida 24−28 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Har kuni tutun va yengil tuman hosil bo‘lishi, vaqti-vaqti bilan koʻrish imkoniyatining qisqarishi kutilmoqda.
Dushanba kuni ertalab namgarchilik boʻlishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +16 daraja issiq bo‘ladi. Kechasi havo kam bulutli bo‘lishi, tutun va yengil tuman tushishi mumkin, ko‘rish imkoniyti vaqti-vaqti bilan qisqarishi mumkin. Minimal harorat +4 darajagacha tushadi.
25-noyabr kuni havo kam bulutli bo‘lib, harorat +17 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +3 darajagacha pasayadi.
Chorshanba kuni kunduzi havo kam bulutli boʻladi, harorati +16°C bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi ham havo kam bulutli bo‘lib, harorat +3°C gacha tushishi kutilmoqda.
27-noyabr kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘lib, harorati +17°C koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi ham havo kam bulutli bo‘lib, harorat +3 darajagacha tushadi.
Juma kuni kunduzi havo o‘zgarib turadi, harorat +15° gacha ko‘tariladi. Dam olish kunlariga o‘tar kechasi ham havo o‘zgarib turadi, harorat esa +2° gacha tushadi.