Ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha komissiyaning rasmiy Telegram kanali ishga tushdi

E’lon qilingan sana· 692
Ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha komissiyaning rasmiy Telegram kanali ishga tushdi

Prezidentning “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bilan Maxsus komissiya tuzilgandi. Ushbu komissiyaning rasmiy Telegram kanali ishga tushdi.

Komissiyaning vazifasi atrof-muhit muammolariga zudlik bilan javob berish va yangi talablarga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi.

Ushbu kanalda havo sifatini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilgan amaliy choralar haqida xabar berib boriladi.

Maxsus komissiya keng vakolatlarga ega, xususan, issiqxonalar va ifloslantiruvchi moddalar chiqaradigan boshqa obʼyektlar faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turishi, korxonalardagi filtratsiya tizimlarining ishlashini nazorat qilish, qurilish obʼyektlarida ekologik talablarga rioya etilishini nazorat qilish, AI-80 benzinini bosqichma-bosqich toʻxtatish boʻyicha buyruqlarni bajarishi mumkin.

Avvalroq ushbu hujjat bilan Toshkentda favvoralar soni ikki baravar koʻpayadi, sun’iy koʻl va suv havzalari tashkil etilishi belgilab berilgani haqida xabar qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling