Toshkentda oltita avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi
E’lon qilingan sana: · 390

Uchtepa tumanidagi Foziltepa ko‘chasi kesishmasidan Beshqayragʻoch ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l qismida bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi. Cheklov 27-noyabr soat 22:00 dan 1-dekabr soat 22:00 gacha amal qiladi.
Shu munosabat bilan 34, 87, 116, 131, 141, 146-sonli avtobus yo‘nalishlari yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi.

Yo‘lovchilarga o‘zgarishlarni hisobga olish tavsiya etiladi: avtobuslarni kutish vaqti uzayishi mumkin, yo‘lning yopiq qismida joylashgan bekatlar vaqtinchalik xizmat ko‘rsatmaydi.