Toshkentda bir hafta davomida yomg‘irli va sovuq ob-havo kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 88
Toshkentda bir hafta davomida yomg‘irli va sovuq ob-havo kutilmoqda

8−14 dekabr kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti .

8-dekabr dam olish kunida kunduzi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda (yomg‘ir ehtimoli 90%, yog‘ingarchilik miqdori taxminan 6 mm). Shuningdek, eng yuqori harorat +9° darajagacha ko‘tariladi. Kechga borib kuchli jala yog‘ishi mumkin (yomg‘ir ehtimoli 40%). Tunda tuman tushib, harorat +2° darajagacha pasayadi.

9-dekabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi (yomg‘ir ehtimoli 40%) va havo harorati +5°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo harorati -4°C gacha pasayadi (yogʻingarchilik ehtimoli 40%), erta tongda qor va muzli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.

10-dekabr kuni kunduzi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lishi, harorat +3° darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Yengil tuman paydo bo‘lishi, vaqti-vaqti bilan ko‘rish masofasi qisqarishi mumkin. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat -3° darajagacha pasayadi.

11-dekabr kuni havo biroz bulutli bo‘lib, kunduzi havo harorati +9°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lishi, havo harorati +4°C gacha tushishi kutilmoqda.

12 dekabr kuni kuchli yomgʻir yogʻishi (yomgʻir ehtimoli 40%) va harorat +11°C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi kuchli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda (yomgʻir ehtimoli 50%) va harorat +3°C gacha tushadi.

13-dekabr kuni, kun davomida kuchli yomg‘ir yog‘ishi (yomg‘ir ehtimoli 40%), harorat +10°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Kechasi kuchli yomgʻir yogʻadi (yomgʻir ehtimoli 30%), harorat +3°C gacha tushadi.

14-dekabr kuni kunduzi bulutli bo‘lishi, havo harorati +10°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi kuchli yomgʻir yogʻishi (yomgʻir ehtimoli 50%) va havo harorati +2°C ga tushishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling