Toshkentda "Science and Innovation Awards 2025" taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi

“Turkiston” san’at saroiyida 20-dekabr kuni navbatdagi “Science and Innovation Awards 2025” taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Unda ilm-fan va ta’lim sohasining eng faol vakillari taqdirlanadi, jonli musiqa, ko‘rgazmalar, ilmiy ishlanmalar namoyishi hamda xalqaro ishtirokchilar qatnashadi.
Bu yil 6 ta nominatsiyada munosiblar taqdirlanadi:
- “Yil olimi”;
- “Yilning eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi”;
- “Yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi”;
- “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti”;
- “Yilning eng innovatsion universiteti”;
- “Yilning eng yaxshi ilmiy nashri”.
Hozirda ushbu nominatsiyalarga topshirilgan hujjatlar koʻrib chiqilmoqda. Nomzodlarni tadbir tashkiliy qo‘mitasi, ilmiy jamoatchilikdan tuzilgan komissiya a’zolari ko‘rib chiqadi va saralaydi.

G‘oliblar 2025-yil 20-dekabr kuni “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tuvchi “Science and Innovation Awards 2025"da taqdirlanadi.
Tadbirda tomoshabin sifatida ishtirok etish uchun chiptalar “Science and innovation” nashriyoti ofislarida sotiladi.
Murojaat uchun: +998(93)354−96−54, Telegram
Afisha.uz tadbirning axboriy hamkori hisoblanadi.