Tashkent City'da muz maydoni ochildi
E’lon qilingan sana: · 129

Tashkent City bog‘i hududida ochiq osmon ostidagi muz maydoni ishga tushirildi. Bu kabi maydon bog‘da ilk bor tashkil etilmoqda.
Bog‘ poytaxt aholisi va mehmonlarini qishning yorqin va sehrli muhitidan bahramand bo‘lishga taklif qilmoqda. Muz maydoni tashrif buyuruvchilar uchun har kuni ochiq bo‘ladi.
Shuningdek, avvalroq bog‘ hududida shaharning asosiy yangi yil archalaridan biri o‘rnatilib, uning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilgan edi.