"Ferrari" jamoasining mashhur poygachisi Sharl Lekler Toshkentga yetib keldi
E’lon qilingan sana: · 854

“Ferrari” jamoasining mashhur monakolik poygachisi Sharl Lekler Toshkentga yetib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston MIlliy Olimpiya Qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov kutib oldi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 12-dekabr kuni Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ning yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilayotgan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning yetakchi avtomobil sporti jamoalari va poygachilari jamlanadi.

Sharl Lekler ham ushbu marosimning faxrli mehmonlaridan biri sifatida ishtirok etadi.