Burger Kingʻning birinchi restorani 16-dekabr kuni ish boshlaydi
E’lon qilingan sana: · 157

Toshkentda Burger King tezkor xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining birinchi restorani 16-dekabr kuni ochiladi, deya xabar bermoqda Spot.
Ta’kidlanishicha, ilk filial Beruniy shoh ko‘chasi, 41-uyda joylashgan Alpomish muz saroyida ochiladi.
Birinchi bosqichda poytaxtning uch nuqtasi — “Alpomish” muz saroyi, “Tashkent City Mall” savdo markazi va Seoul Mun majmuasida filiallar ochish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq noyabr oyida International Beverages Tashkent kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakili Shuhrat Ergashev muzokaralar allaqachon yakunlangani va yaqin 1 oyda Burger King Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlashini aytgandi.