Qozogʻistondan Ekvadorgacha: O‘zbekistonga mandarin qaysi davlatlardan import qilinadi?
E’lon qilingan sana: · 66

O‘zbekistonga 2025-yilning 11 oyi davomida 1,1 million tonna mandarin import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga koʻra, O‘zbekistonga yanvar-noyabr oylarida 62 ta xorijiy davlatdan qiymati 256,4 million dollarga teng bo‘lgan 1,1 million tonna mandarin import qilingan.
O‘zbekistonga eng ko‘p mandarin yetkazib bergan davlatlar roʻyxati:
- Pokiston — 327,1 ming tonna;
- Qozog‘iston — 314,3 ming tonna;
- Ekvador — 145,9 ming tonna;
- Xitoy — 124,6 ming tonna;
- Afg‘oniston — 58,5 ming tonna;
- boshqa davlatlar — 153,8 ming tonna.
Qayd etilishicha, import qiymati o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 9,4 foizga oshgan.