Samarqand va Buxoroga qoʻshimcha "Afrosiyob" poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Yangi yil bayrami arafasida Toshkentdan Buxoro va Samarqandga qoʻshimcha “Afrosiyob” elektropoyezdlari, Xivaga oddiy poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida 26−31 dekabr kunlari hamda 2026-yil 4-yanvar kuni qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi. Jami 14 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida 26−31 dekabr kunlari qo‘shimcha 4 ta reysi bajariladi.
Toshkent — Xiva — Toshkent yo‘nalishida 2026-yilning 12-yanvariga qadar qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishda jami 12 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
Chiptalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy sayti, mobil ilova va temir yo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin.
Shuningdek, 2026-yilning 12-yanvariga qadar bir qator reyslarga qoʻshimcha vagon qoʻshiladi. Xususan, Toshkent — Xiva — Toshkent, Toshkent — Shovot — Toshkent, Toshkent — Qo‘ng‘irot — Toshkent, Toshkent — Termiz — Toshkent va Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishlaridagi “Sharq” poyezdlari harakatiga har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagon qo‘shiladi.
Avvalroq talabalar uchun mahalliy avia va temiryoʻl chiptalariga chegirma e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.