O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 317
O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e'lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida tarix davomida ogʻir sinovlarga duch kelingani, ammo qiyinchiliklarni odamlar, mahalla ahli birlashib yengganini ta’kidladi.

“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila — oilaga, qo‘shni — qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling