Fotosayr: Humo Arena maydonidagi Yangi yil shukuhi
E’lon qilingan sana: · 206

Toshkentning eng ko‘rkam maskanlaridan biri — Humo Arena muz saroyi oldidagi maydon Yangi yil arafasida “chiroqlar olamiga” aylandi. Bu yerdagi bayram muhiti o‘zining zamonaviyligi va shinamligi bilan ajralib turadi.

Ushbu manzilda sizni nafaqat ko‘rkam archa, balki mazali taomlar hidi taralib turgan shinam fud-kortlar ham kutib oladi. Bu yer issiq qahva yoki kakao ichib, qishki oqshomdan zavqlanish uchun qulay maskanlardan biri.

Agar siz shahar markazidan chiqmagan holda o‘zgacha bayram muhitini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Humo Arena maydoni ayni muddao. Bu yerda 25-dekabrdan 11-yanvarga qadar Yangi yil bayrami boʻlib oʻtadi.
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Humo Arenada Yangi yil bayrami
Humo Arenada Coca-Cola New Year Fest boʻlib oʻtmoqda.