Yangi yil bayrami kunlari avtobuslar jadvali oʻzgaradi

E’lon qilingan sana· 622
Yangi yil bayrami kunlari avtobuslar jadvali oʻzgaradi
Foto: Дилявер Аблякимов

Yangi yil bayram kunlari davomida Toshkentda shahar avtobus yoʻnalishlari ish vaqti vaqtincha oʻzgartiriladi.

31-dekabr kuni shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar soat 01:00 ga qadar amalga oshiriladi. 2026-yil 1-yanvardan 4-yanvargacha shahar avtobus yoʻnalishlari yakshanba jadvali boʻyicha ishlaydi.

Yoʻlovchilarga jamoat transportidagi oʻzgarishlarni oldindan hisobga olish va sayohatlarini yangilangan jadvalga muvofiq rejalashtirish tavsiya etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling