Yilning birinchi ish haftasida tumanli va iliq ob-havo kutilmoqda

Toshkent shahrida 5−9-yanvargacha boʻlgan ish haftasi uchun ob-havo ma’lumoti.
Dushanba kuni ertalab yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, kunduzi smog va yengil tuman boʻlishi mumkin, koʻrinish masofasi yomonlashishi va harorat +8°C gacha koʻtarilishi mumkin. Kechasi qisman bulutli boʻlishi va harorat -1°C gacha tushishi mumkin.
6-yanvar kuni kunduzgi ob-havo biroz bulutli va tumanli boʻlishi kutilmoqda, harorat +8°C gacha koʻtariladi. Kechasi biroz bulutli boʻlishi, smog va yengil tuman boʻlishi mumkin, koʻrinish masofasi qisqarishi va harorat -2°C gacha tushishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni tushdan keyin qisman bulutli va tumanli boʻlishi kutilmoqda, eng yuqori harorat +8°C. Kechasi esa qisman bulutli va tumanli boʻlib, eng past harorat -3°C boʻladi.
8-yanvar kuni kunduzi qisman bulutli ob-havo boʻlishi, tuman tushishi, harorat +7°C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi harorat -2°C gacha tushishi kutilmoqda.
Juma kuni tushdan keyin qisman bulutli va tumanli boʻlishi kutilmoqda, harorat +10°C gacha koʻtariladi. Shanba kuni harorat -1°C gacha tushadi.