The New York Times 2026-yilda borib ko‘rishga arziydigan manzillar roʻyxatini e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 241
The New York Times 2026-yilda borib ko‘rishga arziydigan manzillar roʻyxatini e’lon qildi

“The New York Times” gazetasi 2026-yilda sayohat qilish tavsiya etiladigan 52 ta yo‘nalish ro‘yxatini taqdim etdi.

Roʻyxatning birinchi oʻrinida AQSh boʻlib, uning 250 yilligi munosabati bilan mamlakatga tashrif buyurishni, paradlar va ko‘rgazmalarni tomosha qilishni, futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari hamda 4-iyul kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan konsertda qatnashishni tavsiya qilingan.

Ikkinchi o‘rinni Varshava egalladi. Polsha poytaxti yangi zamonaviy san’at muzeyi — Stalin davridagi Madaniyat saroyida joylashgan ekspozitsiya hamda “TR Warszawa” avangard teatri bilan alohida e’tirof etildi.

Uchinchi pog‘onada Bangkok joy oldi. Reyting tuzuvchilar shaharni yashil hududlari, Dib Bangkok zamonaviy san’at markazi hamda 12 yillik restavratsiyadan so‘ng qayta ochilgan Vat Chayvattanaram buddaviy majmuasi bilan ajratib ko‘rsatgan.

Ro‘yxatdan, shuningdek, Kosta-Rikadagi Osa yarimoroli, Hindistondagi “Bandhavgarh” yo‘lbars qo‘riqxonasi, AQShning Dallas shahri, Jazoirning Oran port shahri hamda Chikagoni Santa-Monika bilan bog‘lovchi, 100 yillik tarixga ega Route 66 shossesi o‘rin oldi.

Shuningdek, nashr sayohatchilarga Arizona shtatidagi 191 burilishli Sidewinder trassasi bo‘ylab sayr qilishni, Oklaxomadagi mashhur “Ko‘k kit” installyatsiyasini ko‘rishni va Gallup shahridagi tarixiy El Rancho mehmonxonasida to‘xtashni tavsiya qilmoqda.

2026-yil uchun boshqa tavsiya etilgan manzillar orasida Saba oroli, Barselonadagi Poblenou tumani, Nepal tog‘lari, Bayroyts opera festivali, Kanada Qoyali tog‘lari bo‘ylab poyezd sayohati, Avstraliyaning Top-End hududi va Malayziyadagi Penang shahri bor.

Kanada, Qoyali togʻlar

Ro‘yxatga, shuningdek, Nagasaki, Italiya Alp tog‘laridagi Brey-Cherviniya, Chilidagi Froward burni, Seyshel orollari, Norvegiyadagi Trena orollari, Melburn, Armaniston, Islandiya va Vyetnam ham kiritilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling