Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ochiq qadam” loyihasiga ochiq tanlov e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 449
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ochiq qadam” loyihasiga ochiq tanlov e'lon qilindi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ishga tushirilayotgan “Ochiq qadam” inklyuziv loyihasi uchun ochiq tanlov e’lon qilindi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha Focus kinematografiya va teatr san’ati maktabi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan.

Loyiha quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • kino sohasida boshlang‘ich tayyorgarlik kursi (10 ta mashg‘ulot);
  • muvaffaqiyatli bitiruvchilarning videoroliklar va qisqa metrajli filmlar yaratishda ishtirok etishi.

Barcha ma’ruzalar va suratga olish jarayonlarida surdo tarjimon nazarda tutiladi, shuningdek, tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan va nogironlar aravachasida harakatlanadigan shaxslar uchun transport mavjud.

Muvaffaqiyatli bitiruvchilar quyidagilarga ega boʻladi:

  • ishtirok to‘g‘risidagi sertifikat;
  • o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan taqdirda stipendiya;
  • kontent yaratish loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan taqdirda qalam haqi puli;
  • tashkilotchilardan esdalik sovg‘alari.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan ushbu loyihada qatnashish uchun 18 yoshdan katta boʻlish talab etiladi. Asosiy kurs mashg‘ulotlari haftasiga 2 marotaba boʻlib, 1,5−2 soat davom etadi.

O‘qish barcha ishtirokchilar uchun bepul. Joylar soni cheklangan.

Arizalarni ushbu havola orqali topshirish mumkin. Qabul 16-yanvargacha davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling