O‘zbekiston Milliy pavilyonining dizayni uchun tanlov e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 872
O‘zbekiston Milliy pavilyonining dizayni uchun tanlov e’lon qilindi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 2026-yil 22−24-aprel kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Mintaqaviy ekologik sammit — 2026” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy pavilyoni dizaynini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Bo‘lajak pavilyon 100−120 m² maydonga ega bo‘lib, interaktiv va multimedia elementlari bilan jihozlangan ko‘rgazma-taqdimot maydoni sifatida rejalashtirilmoqda. Pavilyon O‘zbekistonning ekologik va iqlim kun tartibi, umummilliy loyihalar, shuningdek, barqaror rivojlanish yo‘lidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka qo‘shayotgan hissasini namoyish etishi ko‘zda tutilgan.

Texnik topshiriqqa muvofiq, dizayn konsepsiyasi O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda iqlim va ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan mintaqaviy yondashuvini, Orol dengizi fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha harakatlarini hamda BMT agentliklari bilan hamkorlikni aks ettirishi lozim.

Pavilyonda quyidagi loyihalarga bag‘ishlangan alohida tematik zonalar bo‘lishi talab etiladi:

  • Chiqindilardan xoli hudud
  • Toza havo
  • Yashil makon
  • Ekologik madaniyat
  • Biomeros
  • ekologik ta’lim yo‘nalishi — “Green University”.

Texnik topshiriq bilan batafsil havola orqali tanishish mumkin.

Tanlov 2026-yil 25-yanvargacha o‘tkaziladi. Arizalar +998 90 920 05 50 telefon raqami va abdullaev_davron@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling