Oʻzbekistonda “To‘siqsiz turizm” rivojlantiriladi

E’lon qilingan sana· 274
Oʻzbekistonda “To‘siqsiz turizm” rivojlantiriladi

Oʻzbekistonning qator shaharlarida “To‘siqsiz turizm” rivojlantirilmoqda, deya xabar bermoqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, bu konsepsiya nafaqat turizm sohasidagi imkoniyatlarni kengaytiradi, balki ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. “To‘siqsiz turizm"ni amalga oshirishda eng muhim jihatlardan biri — transport tizimini moslashtirish.

“Masalan, shaharlarda jamoat transportida maxsus ramplar, kengaytirilgan eshiklar va belgilar orqali nogironlar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyati yaratilmoqda. Shuningdek, aeroportlar va temir yo‘l stansiyalarida liftlar, maxsus yordamchi qurilmalar va xizmat ko‘rsatish xodimlarining malakasini oshirish orqali sayyohlar uchun xizmat sifatini yaxshilashga e’tibor qaratilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, muzeylar, tarixiy yodgorliklar va dam olish maskanlarida maxsus yo‘laklar, moslashuvchan inventar va audio-gidlar orqali nogironligi bo‘lgan sayyohlar ham madaniy va tarixiy tajribaga to‘liq ega bo‘lishlari mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling