Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?
E’lon qilingan sana: · 617

17−18-yanvar dam olish kunlari uchun Toshkent shahrida ob-havo ma’lumoti. Smog va yengil tuman tushishi mumkin, vaqti-vaqti bilan koʻrinish masofasi qisqaradi.
Shanba kuni ertalab qor yogʻishi kutilmoqda, kunduzgi harorat atigi +3°C gacha koʻtariladi. Kechasi bulutli boʻlib, harorat -1°C gacha tushadi.
Yakshanba kuni ertalab bulutli ob-havo, kunduzgi harorat +5°C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dushanba kuni kechqurun sezilarli darajada bulutli boʻladi va harorat -2°C pasayadi.