Tashkent Marketing Forum 2026: marketing biznesni qanday rivojlantirishi lozim va 2026-yilda buni qanday qilishni kim ko‘rsatadi?

E’lon qilingan sana· 74
Tashkent Marketing Forum 2026: marketing biznesni qanday rivojlantirishi lozim va 2026-yilda buni qanday qilishni kim ko‘rsatadi?

14-fevral kuni “AZIMUT Grand Hotel Tashkent"da Tashkent Marketing Forum 2026 — Markaziy Osiyoning eng yirik marketing konferensiyasi va tadbirkorlar, rahbarlar hamda marketologlar uchun yilning asosiy professional voqeasi bo‘lib o‘tadi.

Bu forum nazariyotdan charchab, marketing sotuvlarga, biznesning o‘sishi va foydaga haqiqatda qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunmoqchi bo‘lganlar uchun. TMF2026 O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Isroil va Italiyadan 50 dan ziyod spikerlarni — yetakchi jahon va mintaqaviy brendlar bilan ishlovchi mutaxassislarni jamlaydi.

Forum 4 ta zalda 7 ta parallel seksiyalar formatida o‘tadi, bu har bir qatnashchiga forum doirasida o‘z biznesining vazifalari va ekspertlik darajasiga munosib o‘z dasturini shakllantirish imkonini beradi.

“Parallel seksiyalar formati yaxshi natijalar berishini ko‘rdik. U real biznes-masalalarni muhokama qilish, yangi keyslar bilan o‘rtoqlashish va amaliy javoblar olish imkoniyatini beradi. Seksiyalar kuratorlari bilan biz haqiqatan ish beradigan g‘oyalarni o‘rtoqlashishga tayyor eng kuchli marketolog va ekspertlarni jamladik”, — deya qayd etadi O‘zbekiston marketing uyushmasining raisi, forum tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov.

TMF2026ga chipta xarid qilishning besh sababi:

  • Mavhumlik o‘rniga amaliyot — real keyslar, raqamlar, xatolar va yechimlar;
  • Kontent tanlash — 7 ta seksiya, turli formatlar va miqyoslar
  • Netvorking — 1000 dan ziyod marketologlar, tadbirkorlar, top-menejerlar va agentliklar;
  • Bilimlar konentratsiyasi — forumning barcha spikerlari yozuvlaridan foydalana olish;
  • Forum qatnashchisi sertifikati.

Forum qatnashchilari marketing agentliklari va forum “Yil marketingi” yarmarkasiga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘ladilar. Yarmarkada maxsus shartlarda yangiliklar va dolzarb mahsulotlar taqdim etiladi. An’anaga ko‘ra, forum doirasida Tashkent Marketing Awards marosimi o‘tkaziladi, unda uyushma hamkori bo‘lgan brendlar va O‘zbekiston marketing uyushmasining talqiniga ko‘ra O‘zbekistonning 2025-yildagi eng yaxshi marketologlari taqdirlanadi.

Forum dasturida marketing-navigator: ekspertlar bilan 1:1 sessiyalari — marketing vazifalarini muhokama qilish, tarmoq ekspertlaridan tavsiyalar olish va o‘z professional yo‘nalishlarini yanada aniqroq tushunish uchun individual uchrashuvlar formati.

Qatnashchilar ma’lum keyslarni tahlil qilishlari va chetdan nazar tashlay olishlari mumkin bo‘ladi.

Sessiyalar Ipak Yuli Bank ko‘magida o‘tkaziladi.

Tashkent Marketing Forum 2026 seksiyalari

Inspire Session

O‘sish strategiyalari, marketingni qurish amaliyoti va real biznes-keyslar haqida marketing yetakchilarining ishtirokidagi panel muhokamalari formati.

Qatnashchilar:

  • Yuliya Minnullina, “Click” AJ marketing bo‘yicha direktori;
  • Shamil Valishev, “Uzum Market” monetizatsiya bo‘yicha direktori;
  • Mariya Savatyugina, ADM GLOBALda CMO;
  • Anna Sapunova, “Bellissimo Pizza” marketing bo‘yicha direktori;
  • Jahongir Yusupov, O! Brands (Oqtepa Lavash, O!Kafe, Milly)da CMO;
  • Alisher Mamadaliyev, SAVR sotuvlar va marketing bo‘yicha direktori;
  • Andrey Lopatin, ERMAK SB marketing-direktori;
  • Nana Mardonyan, “Ipak Yuli Bank” PR va marketing bo‘yicha direktori;
  • Mariya Stroyeva, HUMO marketing bo‘yicha direktori;
  • Nodira Sultonxo‘jayeva, “TBC Uzbekistan” marketing bo‘yicha direktori.

Moderatorlar:

  • Shohruh Nizamutdinov, “FCB Artgroup” bosh menejeri va kreativ direktori;
  • Azizbek Yusufov, “Mirror Management” marketing kommunikatsiyalar agentligi boshqaruvchi hamkori.

Local Opportunities seksiyasi

O‘zbekistonning mahalliy marketing imkoniyatlari, milliy keyslar va ichki bozorda brendlar o‘sishi namunalari.

Kurator:

  • Otabek Sharapov, “605 Agency” va “Marketing bo‘limi"da CEO.

Spikerlar:

  • Mirzo Qodirov, “IMAN Digital Projects” marketing bo‘yicha direktori;
  • Jahongir Yusupov, O! Brands (Oqtepa Lavash, O!Kafe, Milly)da CMO;
  • Go‘zal Qodirova, KFC, “Costa Coffee"da CMO;
  • Azizbek Yusufov, “Mirror Management” boshqaruvchi hamkori;
  • Umid Ergashev, “Division” agentligi hammuassisi, direktori va boshqalar.

Marketing Research seksiyasi

Marketing tadqiqotlari, analitika, ma’lumotlar bilan ishlash, auditoriya segmentatsiyasi va insaytlar.

Kuratorlar:

  • Aziz Bo‘riyev, “DE FACTO Marketing” marketing agentligi rahbari;
  • Oleg Kormushin, “Miraculum” asoschisi va CEO, “Chat resecherov” hamjamiyati tashkilotchisi.

Spikerlar:

  • Tatyana Lisitskaya, MASMI tashkilotchisi va direktori (Belarus);
  • Anna Reymonte, “OnIn” MDH va uzoq xorij mamlakatlari bo‘yicha marketing-menejeri (Rossiya);
  • Yuliya Baxmach, “AFS-Research” boshqaruvchi hamkori;
  • Yuliya Kojuxova, “Uzum Market” loyihaviy tadqiqotlari rahbari.

“Tadqiqot agentliklarida karyera” panel muhokamasi:

  • Gulmira Saitbayeva, “Point Research” marketing agentligi direktori va hammuassisi;
  • Natalya Ospanova, “Alvin Market” kompaniyalar guruhi direktori;
  • Aziz Bo‘riyev, “De Facto Marketing” rahbari;
  • Yuliya Baxmach, “AFS-Research” boshqaruvchi hamkori;
  • Yerasil Otarov, Senior Strategic Analytics & Insights Executive (Qozog‘iston).

Digital Marketing seksiyasi

Performance, digital-vositalar, avtomatizatsiya, sotuvlar o‘ramasi va onlayn-ilgarilatishga zamonaviy yondashuvlar.

Kurator:

  • Igor Kim, “Wunder Digital Uzbekistan"da CEO

Spikerlar:

  • Aleksey Xaynovskiy, co-founder METER
  • Timur Bakiyev, CEO ClickMe & Social Active
  • Valeriy Axverdyan, “Native Network” mintaqaviy direktori
  • Timur Abrarov, “1S-Bitriks24 Uzbekistan” bosh direktori
  • Dmitriy Muzichenko, Marketing Manager, Eastern Europe, AppsFlyer
  • Rustam Hamdamov, BILLZ asoschisi va CEO
  • Muhiddin Nuriddinov, “Admixer Advertising Uzbekistan"da Digital-marketolog va Meta Client Partner Solutions Manager
  • Valeriy Kaygorodov, “JTBD Agency"da CEO va boshqalar

PR & SMM seksiyasi

Kommunikatsiyalar, brend obro‘si, SMM-strategiyalar va hamjamiyatlar bilan ishlash.

Kuratorlar:

  • Timur Abdulin, Repost.uz hammuassisi, “Index” obro‘ marketingi agentligining asoschisi va Jasur Po‘latov, “Index” obro‘ agentligi PR-direktori

Spikerlar:

  • Akmal Raimov, “TBC Uzbekistan” CSR-menejeri;
  • Madina Ro‘zmatova, tadbirkor, biznes uchun mustaqil PR-adviser, shaxsiy brend bo‘yicha ekspert;
  • Aleksandr Lixtman, ITCOMMS PR-agentligi asoschisi va rahbari;
  • Zarina Uspanova, “WE Media Group” tijoriy yo‘nalishining rahbari (Qozog‘iston).

“CSR & ESG: ezgu ishlardan biznes-natijalarga” panel muhokamasi:

  • Georgiy Ryumin, “Gazprom-media xolding” (Rossiya) PRO CSR-dasturi ambassadori, prodyuser, GITR o‘qituvchisi;
  • Sardor Babayev, “We Digital” agentligi PR va kreativ bo‘yicha direktori;
  • Veronika Komarova, “HAYOT Foundation” loyihaviy ofisi rahbari.

Strategy & Branding seksiyasi

Brending, strategiya, maqom egallash va brend qadrini rivojlantirish.

Kurator:

  • Temur Sa’diy, “MA'NO Branding"da CEO / dizayn-direktor

Spikerlar:

  • Olesya Appazova, “Appazov” brending agentligi va Qozog‘istondagi birinchi brend-akademiya asoschisi;
  • Nana Mardonyan, “Ipak Yuli Bank” PR va marketing bo‘yicha direktori;
  • Go‘zal Gapilova, iTV marketing bo‘yicha direktori;
  • Oleg Beriyev, “Mildberry Cloud” CEO & Partner (Italiya);
  • Vasiliy Filatov, CEO SoundDesigner.PRO (Rossiya) va boshqalar.

AI & IT Marketing seksiyasi

Sun’iy intellekt, MarTech, IT-marketing va raqamli innovatsiyalar.

Kurator:

Denis Roman, “We Digital” agentligi boshqaruvchi hamkori

Spikerlar:

  • Pavel Panferov, “We Digital” raqamli transformatsiya bo‘yicha direktori;
  • Samandar Tursunaliyev, AIM LAB / Kotib ekotizimi bosh direktori;
  • Mixail Provodnikov, ALPHA AI yo‘nalishi rahbari (AI Lead);
  • Feruza Nurmuhamedova, O‘zbekistondagi Yandex ko‘ngilochar servislari PR-yo‘nalishlari rahbari.
  • Farxod Norbayev, “Databazaar” bosh direktori, “Lokals” hammuassisi va boshqalar.

Forum kim uchun:

  • tadbirkorlar va biznes egalari;
  • CEO va top-menejerlar;
  • marketing-direktorlar va brend-menejerlar;
  • digital-mutaxassislar va agentliklar;
  • marketingga qiziqadigan hamma.

Chiptalarni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.

Murojaat uchun: (+998) 97−402−2820.

Tashkent Marketing Forum 2026 — biznes rivoji uchun ishlaydigan marketing.

Afisha.uz tadbirning axborot hamkori hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling