Statistika: Oʻzbekistonda 2025-yilda qancha tugʻilish qayd etildi?

E’lon qilingan sana· 132
Statistika: Oʻzbekistonda 2025-yilda qancha tugʻilish qayd etildi?

2025-yil davomida O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Eng koʻp tugʻilish Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida kuzatilgan. Poytaxt Toshkent esa bu statistika boʻyicha 8-natijani qayd etgan.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:

  • Samarqand viloyati — 106 266;
  • Qashqadaryo viloyati — 99 656;
  • Farg‘ona viloyati — 98 319;
  • Surxondaryo viloyati — 81 885;
  • Andijon viloyati — 79 672;
  • Namangan viloyati — 75 689;
  • Toshkent viloyati — 64 245;
  • Toshkent shahri — 62 318;
  • Xorazm viloyati — 46 056;
  • Buxoro viloyati — 43 654;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 39 277;
  • Jizzax viloyati — 37 393;
  • Navoiy viloyati — 24 127;
  • Sirdaryo viloyati — 21 042.

Avvalroq Oʻzbekistonda 2025-yilda qancha nikoh qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling