Statistika: Oʻzbekistonda 2025-yilda qancha nikoh qayd etilgan?
E’lon qilingan sana: · 254

Oʻzbekistonda 2025-yil davomida FHDYO organlarida 267 313 ta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Nikohlar soni hududlar kesimida quyidagicha qayd etilgan:
- Samarqand viloyati — 31,7 mingta;
- Farg‘ona viloyati — 28,9 mingta;
- Qashqadaryo viloyati — 28,9 mingta;
- Toshkent shahri — 23,1 mingta;
- Andijon viloyati — 23 mingta;
- Surxondaryo viloyati — 22,8 mingta;
- Namangan viloyati — 22 mingta;
- Toshkent viloyati — 19,1 mingta;
- Xorazm viloyati — 15,3 mingta;
- Buxoro viloyati — 14,9 mingta;
- Qoraqalpog‘iston R. — 12,2 mingta;
- Jizzax viloyati — 11,1 mingta;
- Navoiy viloyati — 7,3 mingta;
- Sirdaryo viloyati — 6,8 mingta.
Avvalroq Oʻzbekistonda asosan necha yoshdagilar farzand koʻrayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha umr koʻrish yoshi 75 dan oshgani ma’lum boʻlgandi.