Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?

E’lon qilingan sana· 360
 Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qoʻmitasi hududlarda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushishi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

2026-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, hududlar kesimida hisoblangan qiymatlar quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 98 234 so‘m;
  • Andijon viloyati — 106 160 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 107 931 so‘m;
  • Jizzax viloyati — 109 666 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 111 922 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 109 697 so‘m;
  • Namangan viloyati — 108 617 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 112 930 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 111 624 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 104 256 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 112 607 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 115 413 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 107 027 so‘m;
  • Toshkent shahri — 116 128 so‘m.

Ushbu hisob-kitoblar bir kilogramm osh tayyorlash uchun kerak boʻladigan mahsulotlar narxi hisoblangan. Bunda quyidagilar hisobga olingan:

  • kungaboqar yog‘i — 0,3 l;
  • piyoz — 300 gr;
  • mol go‘shti — 700 gr;
  • sabzi — 1 kg;
  • guruch — 1 kg;
  • no‘xat — 100 gr;
  • zira — 10 gr;
  • osh tuzi — 20 gr.

Qo‘mita yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligi, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling