Poytaxtda hafta davomida iliq havo va yomgʻirlar yogʻishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 116
Poytaxtda hafta davomida iliq havo va yomgʻirlar yogʻishi kutilmoqda

Toshkentda 9-fevraldan 13-fevralgacha bo‘lgan ish haftasida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

Dushanba kuni kunduzi havo qisman bulutli boʻlishi kutilmoqda, eng yuqori harorat 14 °C boʻladi. Kechasi esa vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi mumkin (ehtimol 80%), eng past harorat 10 °C boʻladi.

10-fevral kuni kunduzi kuchli yomgʻir yogʻishi (ehtimol 50%) va harorat 15 °C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi yomgʻir yogʻishi (ehtimol 70%) va harorat 8 °C gacha tushishi mumkin.

Chorshanba kuni yomgʻir (ehtimol 100%, taxminan 12 mm) va yuqori harorat 10 °C boʻlishi kutilmoqda. Kechasi esa yomgʻir (ehtimol 90%, taxminan 6 mm) va past harorat 4 °C boʻlishi mumkin.

12-fevral kuni kunduzi ham yomgʻir yogʻishi kutilmoqda (ehtimoli 90%, taxminan 6 mm) va harorat 12 °C gacha koʻtariladi. Kechasi yengil yomgʻir yogʻishi mumkin (ehtimoli 70%), harorat esa 9 °C gacha tushishi kutilmoqda.

Juma kuni tushdan keyin yomgʻir yogʻishi (ehtimol 80%, taxminan 6 mm) va harorat 12 °C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dam olish kunlariga oʻtar kechasi yomgʻir yogʻishi (ehtimol 80%, taxminan 6 mm) va harorat 8 °C gacha tushishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling