Bahromjon Gaziyev Abu-Dabidagi CSI5* turnirida g‘alaba qozondi

11–15 fevral kunlari Abu-Dabi shahrida ot sporti bo‘yicha yuqori darajadagi — CSI5* toifasidagi nufuzli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Unda Bahromjon Gaziyev 60 dan ortiq raqibni ortda qoldirib, g‘alaba qozondi.
Mazkur besh yulduzli turnir Olimpiya darajasiga tenglashtiriladi, chunki toʻsiqlardan sakrash (konkur) — olimpiya sport turi bo‘lib, CSI5* yoʻnalishlari murakkabligi va texnik talablari jihatidan Olimpiya o‘yinlari standartlariga mos keladi.
Musobaqaning birinchi kuni, 11-fevral sanasida, O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiya raisi Bahromjon Gaziyev CSI2 Al Khail Square Cup toifasida (to‘siqlar balandligi 130 sm) 1-o‘rinni egalladi. U Germaniya, Italiya, AQSh, Braziliya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 60 nafardan ortiq kuchli chavandoz orasida eng yaxshi natijani qayd etdi.
O‘zbekiston bosh murabbiyi ta’kidlashicha:
“Bahromjon Gaziyev — butun dunyoda yagona bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida ot sporti federatsiya raisi hamda amaldagi professional sportchi sifatida eng yuqori darajadagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgan sportchi hisoblanadi”.
Ushbu g‘alaba O‘zbekistonning xalqaro maydondagi yuqori salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Reklama huquqlari asosida.